Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:29 / 2024-08-30

Navoiy davlat pedagogika instituti Navbahor tumanidagi “Sarbozor” MFY aholisi uchun mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etdi.

Tadbir doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat, kurash turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” bahslari o‘tkazildi va g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.  

Konsert dasturida xushovoz xonandalar, Navoiy davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar, kuy-qo‘shiqlarga tadbir ishtirokchilari raqslarga tushishdi.  

***

Zarafshon shahrida istiqlolimizning 33 yillik to‘yiga to‘yona sifatida “Yangi G‘ijduvon” xususiy korxonasiga qarashli “Orzular shahri” maskani foydalanishga topshirildi.  

Tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar bolajonning hatna, bitta yosh oilaning nikoh to‘ylari o‘tkazildi.  

Tantanada shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, mahalla faollari hamda to‘ybolalar va yosh oilaning yaqinlari ishtirok etdi.  

Tantana sababchilariga zarbof to‘nlar kiydirilib, sovg‘alar topshirildi.  

***

Mustaqillimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Nurota tumanidagi “Istiqbol” MFYda joylashgan “Kichik sanoat zonasi”da “Premier textile” xususiy korxonasi tomonidan loyiha qiymati 7 milliard so‘m bo‘lgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi bo‘sh ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

“Premier textile” xususiy korxonasi tomonidan 2019-2023-yillar davomida jami 16 million dollarlik mahsulotlar Rossiyaga eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida korxona tomonidan eksport hajmini 10 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

***

Navoiy shahridagi Ma’rifat mahallasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining Qishloq xo‘jaligi fakulteti tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida turli intellektual va ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazildi.  

Yakunda faol ishtirok etgan mahalla yoshlari fakultet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri