Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:10 / 2024-08-13

O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi tomonidan imzo to‘plash jarayonlarining navbatdagi bosqichi Navoiy shahridagi “Yoshlar xiyoboni”da tashkil qilindi. Mazkur xiyobonda jam bo‘lgan partiya faollari va xayrihoxlari mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, o‘zlari ishonch bildirgan partiyaning saylovda ishtirokini qo‘llab-quvvatlab, imzo to‘plash jarayonida faol qatnashishdi.

Tadbir davomida saylovchilar tomonidan partiyaning o‘tgan yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, turli sohalarda xususiy sektor ulushining ortib borishi natijasida halol raqobatning yuzaga kelishi, yoshlar va ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qonunchilik tizimidagi xalqchil islohotlar hamda aholi bilan ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal etish yo‘nalishidagi amaliy ishlari alohida e’tirof etildi.  

– Bugun O‘zLiDePning imzo to‘plash jarayonida ishtirok etdim, –deydi tadbir ishtirokchisi Shalola Shokirova. – Sababi so‘nggi yillarda partiya nafaqat elektorat vakillari, balki ijtimoiy daftarlarda turuvchi yoshlarni, nufuzli tarbirkorlarni jalb etgan holda master-klaslar tashkil etib, band bo‘lmagan xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishi, ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishlari uchun ham tayanch bo‘lib kelmoqda. Partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari bu yilgi saylovlarda ilgari surayotgan “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun” degan shiori ostida yangi strategiyasi va yangicha g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlayman  va barcha xotin-qizlarni va yoshlarni bo‘lajak saylovda faol bo‘lishga chaqirib qolaman. Ishonamanki, O‘zLiDeP bundan keyin ham xotin-qizlar va yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo‘lib qoladi. 

***

Energetika tarmog‘i samaradorligini oshirish butun har bir davlat uchun dolzarb sanaladi. Shu bois yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi tomonidan ham energiyani tejash, qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatish borasida aniq rejalar belgilab olingan.

Jumladan, kompaniyaga qarashli “Gazobeton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish zavod”iga 1 MVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

Bugungi kunda 500 kVt quvvatga ega qurilma to‘liq ishga tushirilishi natijasida sezilarli darajada energiya iqtisod qilishga erishilmoqda. Yaqin kunlarda yana 500 kVtli qurilma foydalanishga topshiriladi.

***

Xatirchi tumanida “Uchqaro” MFY hududidagi “Behisht olma uzumzori” fermer xo‘jaligining dala maydonida tumandagi bog‘dorchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.    

Unda mutaxassislar tomonidan mevali bog‘ va uzumzorlar tashkil qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tqazish va mahsulot yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda Xatirchi tumanida 487 nafar xo‘jalik yurituvchi sube’ktda jami 5683 gektar bog‘ va tokzorlar mavjud. Ularning 1515 gektarini mevali bog‘lar, 4168 gektarini esa tokzorlar tashkil etadi.

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri