Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari - qisqa satrlarda
14:22 / 2023-06-09

Konimex tumanining Zafarobod shaharchasida viloyat 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i Azat Tasbayev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolar bandligi, uy-joy, tibbiyot va kredit olish, ichki yo‘llar ta’miri kabi masalalariga doir 30 ga yaqin murojaatlar tinglanib, hal etish choralari belgilandi.  

Sayyor qabul davomida hududda faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, 15 nafar ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinkalari topshirildi.  

***  

 Navbahor tumanida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan keksa avlod vakillari bugungi kunda yurtimizda aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to‘xtalib, o‘zlarining mehnat faoliyati, tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Shuningdek, yoshlar o‘zlari erishayotgan yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari haqida so‘zlab, bu kabi tadbirlar ko‘plab tashkil qilinishi taklifini bildirdi va keksa avlod vakillarining ibratli so‘zlari, tajribalaridan o‘rnak olgan holda yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun hissa qo‘shishga va’da berdi.  

***  

Xatirchi tumanida tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari 205 ming 825 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Aholining 54 ming 943 nafarini bolalar, 10 ming 345 nafarini o‘smirlar va 52 ming 865 nafarini fetil yoshidagi ayollar tashkil etadi.  

Hozirda tumanda 9 oilaviy poliklinika, 22 oilaviy shifokorlik va 26 mahalla tibbiyot punktlari bor. Bitta 300 qatnovga mo‘ljallangan tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 380 o‘rinli tuman markaziy shifoxonasi hamda 17  xususiy tibbiyot muassasasi mavjud. Xususiy tibbiyot muassasalarining 5 tasida statsionar, 9 tasida diagnostika va ambulator yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.  

Joriy yilning yakuniga qadar 3 mahalla tibbiyot punkti, 1 oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.  

 ***  

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasblar tanlovining “Hunarmandchilik” yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Karmana tumanidan Mahliyo Rahmonova, 2-o‘rinni Navoiy shahridan Sharif Mardonov va 3-o‘rinni Qiziltepa tumanidan Nodir Quvondiqov egalladi.  

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA