Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:15 / 2023-05-12

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixolog lavozimlariga munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti psixologiya yo‘nalishining bitiruvchi kurslari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda hozirgi kunda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish tartiblari va xizmatga tanlovlarsiz qabul qilinadigan tor ixtisoslik mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va sohada inspektor psixologlarning xizmat faoliyati bo‘yicha tayyorlangan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.  

***  

Konimex tumani hokimligida respublika Markaziy banki mutaxassislari tomonidan ayollar va yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi.  

Tadbir davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan kredit olish, bank omonatlaridan foydalangan holda jamg‘armani shakllantirish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlik (jumladan, raqamli moliyaviy xavfsizlik), moliyaviy xizmatlar, iste’molchilarning huquqlari, to‘lov tizimi va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha tushunchalar berildi.  

 ***  

Navbahor tumanida 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda “Yangi kuch” mahalla fuqarolar yig‘inidan ishtirok etgan Anvar Xidirov oilasi 1-o‘rinni, “Ko‘hron” mahalla fuqarolar yig‘inidan ishtirok etgan Rashid Shamilov oilasi 2-o‘rinni va “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘inidan ishtirok etgan Qahramon Sobirov oilasi 3-o‘rinni egalladi.  

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi huzuridagi badiiy jamoalarning milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi konsert dasturi namoyish etildi.  

 

***  

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda viloyatda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1876,9 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 51,1 foizini, o‘sish sur’ati esa 2022 yilga nisbatan 115,5 foizni tashkil qildi.  

A.Bo‘riyev,O‘zA