Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:18 / 2022-09-03

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida fuqarolar yig‘inlari muammolarni o‘rganish va hal etish choralarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy shahridagi “Bahor”, “Taraqqiyot”, “Lochin”, Karmana tumanidagi “Zarafshon”, Konimex tumanidagi “Sho‘rtepa”, Navbahor tumanidagi “Beshrabot”, “Kelachi”, “Ko‘hron”, Xatirchi tumanidagi “Dehqonobod”, “Novja”, “Saroy”, “Istiqlol”, G‘ozg‘on shahridagi “Guliston”, Nurota tumanidagi “Temirqovoq”, Ibn Sino, “Tinchlik” kabi 34 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga 150 million so‘mlik kompyuter jamlanmalari topshirildi.

* * *

“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Karmana tumanidagi “Malik” mahallasi binosi yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Mahalla binosining qurilish ishlari “Qiziltepa kapital qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilib, jami 841 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, mazkur mahalladagi “Gulshan” qo‘rg‘onida 96 o‘ringa mo‘ljallangan Mirzo Ulug‘bek oilaviy shifoxona punkti kapital ta’mirlandi.

Ta’mirlash ishlariga qariyb 841 million so‘m sarflanib, "Navoiy Loyiha" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

* * *

Konimex tumanining "Uchtepa" ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli Yesquduq ovulida mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida 37-umumta’lim maktabining yangi 96 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi.

* * *

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi, O‘zbekiston sport tashkilotlari “Faxriylar kengashi” viloyat bo‘limi, “Ravshan” sport klubi hamkorligida Navoiy shahridagi olimpiya zaxiralari kollejida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari xodimlari va ularning oila a’olari o‘rtasida sportning shaxmat va stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA