French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:38 / 2022-06-07

Navoiy viloyatida 2022 yilning 1 iyun holatiga 11 ta tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 146 ming 497 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. Ularning 11 ming 146 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.

Eng ko‘p – Navoiy shahrida 37 ming 915 ta, Qiziltepa tumanida 23 ming 224 ta, Karmana tumanida18 ming 733 ta va Zarafshon shahrida 16 ming 663 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yuridik korxona ochgan 2052 nafar biznes vakillariga ham Davlat xizmatlari markazlari orqali tezkor xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1604 nafar tadbirkor yakka tartibda faoliyat yuritishini rasmiylashtirgan.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Karmana tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi ishlari boshlab yuborildi.

Massivning qurilishi uchun jami 21 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, ushbu hududda 2022-2026 yillarda jami 54 ta 5 qavatli, jami 1080 ta xonadonli turar-joy binolari, 1 ta 1056 o‘rinli umumta’lim maktabi, 2 ta 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta 100 qatnovli oilaviy poliklinika, mahalla fuqarolar yig‘ini va kovorking markazi, madaniyat uyi, sun’iy qoplamali futbol maydonchasi, bozor, maishiy xizmat ko‘rsatish, dorixona, 2 ta umumiy ovqatlanish va 2 ta savdo markazi binolari qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda 20 ta 5 qavatli 400 xonadonli uy-joylar, umumta’lim maktabi, 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 100 qatnovli oilaviy poliklinika binolarini qurish ishlari boshlab yuborildi.

* * *

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, 2-sektor rahbari - tuman prokurori Faxriddin Norov hamda tumandagi tashkilot, korxonalar rahbarlari va mas’ullari ishtirokida tuman markazidan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan “Temirqovuq” mahalla fuqarolar yig‘ini “Chuqurquduq” qishlog‘ida aholining taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish hamda ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mazkur qishloq aholisining 20 ga yaqin shikoyat, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, aksariyat murojaatchilarga tushuntirishlar berildi, muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

* * *

Tomdi tumanidagi 12-sonli Musiqa va san’at maktabida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Fidoyi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda 8 ta ovul fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchilari o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Tomdibuloq” OFY yoshlar yetakchisi M.Abdurahmanov 1-o‘rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA