Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:54 / 2022-05-17

Navoiy viloyatida ham mahalla fuqarolar yig‘ini raisi(oqsoqoli) saylovi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” gi qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘tkazilayotgan saylovga qizg‘in hozirlik ko‘rildi.

Mahallalarda yig‘ilishlar o‘tkazilib, obro‘-e’tiborga ega, qonunchilikda belgilangan talablarga mos nomzodlar tanlab olindi. Joriy yilda viloyatdagi mavjud 330 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida mahalla raisi(oqsoqoli) saylovi o‘tkaziladi.

Raislikka ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan munosiblar 86 ming 400 nafar vakillar tomonidan saylanadi. Viloyatda birinchi kuni 41 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. Unda 8434 nafar vakil ishtirok etib, 112 nafar nomzod orasidan mahallalar raislari saylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saylanganlarning 24 nafari amaldagi raislar bo‘lsa, 17 nafari birinchi marotaba mahalla raisligiga saylangan.

– bugungi kunda Navoiy shahridagi 36 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 88 ming 380 nafar saylash yoshidagi fuqarolardan 10 ming 532 nafar vakillar ro‘yxatga olingan, – deydi shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Mavjuda Boboqulova. – Saylovning birinchi kunida 3 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi va vakillar o‘zlari munosib deb topgan nomzodlarga ovoz berdi. 
Navoiy shahridagi “Bahor” mahallasida 4674 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 2390 nafari orasidan 289 nafar vakillar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – oqsoqolini sayladi. 

– Bu kabi saylovda bir necha bor ishtirok etganman, – deydi faxriy o‘qituvchi Munira Hakimova. – Dastlab nomzodlar yig‘ilganlarni o‘z dasturlari bilan tanishtirdi. Nomzodlarning dasturlari o‘tgan galgi nomzodlarning dasturlaridan tubdan farq qilmoqda. Oldinlari bo‘lg‘usi raislar amalga oshirolmaydigan ishlarni ham dasturlariga kiritar edi. 

Bu yil esa mahalladagi muhitdan, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rgangan holda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, “yo‘l xaritasi” bilan ishtirok etmoqda. Bu saylovda ham vakil sifatida ishtirok etib, o‘zim munosib, deb bilgan nomzodimga ovoz berdim. O‘ylaymanki, biz saylagan rais mahalla obodligi, tinchligi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yo‘lida samarali ishlaydi. Saylov yakuniga ko‘ra, amaldagi mahalla raisi Inomjon Zoirov yana qayta saylandi. 

Viloyatning barcha mahalla va ovullarida saylov davom etmoqda.

***

Navoiy viloyati IIB tomonidan shahar va tumanlardan saralangan profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

Intellektual o‘yin ikki bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqichda 10 tadan savol o‘ynaldi. Hakamlar hay’ati tomonidan barcha jamoalarning to‘plagan ballari hisoblab borilib, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Karmana tumani, 2-o‘ringa Uchquduq tumani va 3-o‘ringa Xatirchi tumani jamoasi munosib, deb topildi. Taqdirlash marosimida bu kabi tadbirlar mahalla faollarining o‘zaro fikr almashish, tajribalarini o‘rtoqlashishda hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. G‘olib va sovrindorlar viloyat IIB rahbariyati tomonidan “Diplom” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA