Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:05 / 2022-03-16

Navoiy viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat, shahar va tuman hokimliklari, davlat tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etgan seminarda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, tadbirda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma’lumotlarni internet tarmog‘iga joylashtirish (e’lon qilish) bo‘yicha majburiyatlari hisobini yuritish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralar ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

* * *

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Kadrlar salohiyatini oshirish – islohotning bosh mezoni” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Jamoat fondi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat qonunchiligidagi huquq va majburiyatlari, soliq tizimidagi o‘zgarishlar, buxgalteriya va moliya sohasidagi bilimlarini oshirish, axborot texnologiyalarga asoslangan zamonaviy buxgalteriya asoslarini o‘rgatish va joriy etish, qog‘ozbozlikni kamaytirish, ish sifatini yanada yaxshilash hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan o‘quv seminarida “Xodimlar mehnatini boshqarish” va “Mehnat huquqlari”, “Soliq konunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar” va “Buxgalteriya hisobi va hisobotlarini 1-Uz majmuaviy dasturida olib borilishi” mavzularida ma’lumotlar berildi.

* * *

Zarafshon shahar hokimligida hokim yordamchilarining ish faoliyatini samarali tashkil etish va zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy kompyuter jamlanmalari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha shahar va tuman hokimining yordamchilari o‘z faoliyatlarini boshlagan edi.

Tadbirda shahar hokimi A.Rajabov, ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha respublikadan biriktirilgan vakil S.Isroilov tomonidan hokim yordamchilariga mahallalarda xatlovlar o‘tkazish, aholi muammolarini o‘rganish borasida tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Bundan tashqari hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida har bir mahalladagi hokim yordamchilari tezkor internet va mebel jihozlari bilan ta’minlanmoqda.

* * *

Navoiy viloyati Majburiy ijro byurosi, Karmana tuman prokuraturasi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida e’lon qilingan “Aliment undiruv oyligi” tadbiri doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda yig‘ilganlarga oila muqaddasligi va oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, 3 ta oilaning yarashishiga erishildi.

Bundan tashqari, jinoiy ishlar bo‘yicha Karmana tuman sudi tomonidan sayyor sud tashkil etilib, 10 nafar qarzdor o‘z otalik burchini unutganligi va belgilangan aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli ularga nisbatan sudning qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA