Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:08 / 2022-03-02

Navoiy viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Yashil yillik” umummilliy harakati doirasida ko‘chat ekish boshlandi.

Bahor mavsumida Xatirchi tumanida 1 million 752 ming, Qiziltepa tumanida 1 million 629 ming, Navoiy shahrida 1 million 321 ming, Navbahor tumanida 1 million 193 ming, Karmana tumanida 1 million 161 ming, Nurota tumanida 517 ming, Zarafshon shahrida 420 ming, Konimex tumanida 373 ming, Uchquduq tumanida 239 ming, Tomdi tumanida 119 ming hamda G‘ozg‘on shahrida 69 ming tup, jami viloyat bo‘yicha 8 million 800 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqaziladi.

Viloyatning shahar va tumanlarida manzarali ko‘chatlarni ekishda hududga mos bo‘lgan ko‘chat turlari tanlab olingan bo‘lib, har bir mahallada “Ekologiya ko‘chasi”, “O‘rmon ko‘chasi” kabi namunaviy ko‘chalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

* * *

Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Azizi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Kattasoy” mahallasiga tashrif buyurdi.

Kattasoy (Katta ej) qishlog‘ida azaldan tojik millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qilib keladi. Bu yerdagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim tojik tilida olib boriladi. Ilm dargohida elchi boshchiligidagi delegatsiya mavjud shart-sharoit va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan xalq amaliy hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Uchrashuvda maktab o‘quvchilarining badiiy havaskorlik dastasi tomonidan tojik xalq qo‘shiqlari va raqslaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.

* * *

Navbahor tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarda tadbirkorlikning barcha sohalarini rivojlantirish va ishsiz aholini ish bilan ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar tumandagi “Sarbozor” mahallasi hududidagi “Elbek fayz servis” MCHJ, Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidagi “Yangi zamin nur kelajagi” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan tadbirkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kooperatsiyalar faoliyati, shuningdek, sektor rahbari va hokim yordamchisi tashabbusi bilan “O‘zbekiston” mahallasi hududida tashkil etilgan “Namunali ko‘cha”da uzumchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

* * *

Navoiy viloyatida 2022 yil fevral oyida aholi va tadbirkorlarga 33611 ta, 2 oy davomida esa 58188 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. Shundan 5158 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan.

O‘tgan davr mobaynida 1051 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 578 tasi yuridik, 473 tasi yakka tartibda, 73 tasi oilaviy korxona, 115 tasi xususiy korxona faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tadbirkorlardir.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA