Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:44 / 2021-12-30

Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat uyida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan 76 nafar bola, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 18 nafar “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchiga tegishli tartibda xonadonlarning kalitlari topshirildi.

Bayram tadbirida “Oltin vodiy” madaniyat uyi va “Yulduz” madaniyat markazi xonandalari tomonidan tetrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilib, bolajonlarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

* * *

Navoiy shahridagi 11-ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mohira Sa’dullayeva MDH davlatlari o‘rtasida Qozog‘istoning Nursulton shahrida o‘tkazilgan “Yilning eng yosh olimi” tanlovida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar Mohira 2018 yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

* * *

Navbahor tumani eng chekka hududida joylashgan “Dul dul” mahallasida 1507 nafar kishi istiqomat qilib, ularning 61 nafari ishsiz.

Mahalla binosining bo‘sh turgan xonasida “Dul-dul go‘zallari” nomli ishlab chiqarish kooperatsiyasiga qarashli tikuvchilik markazi ochilib, 22 nafar ayol ish bilan ta’minlandi. Shuningdek 2 nafar ishsiz ayolga subsidiya asosida yengil konstruksiyali ko‘chma go‘zallik saloni, 10 nafar ishsiz fuqaroga esa subsidiya asosida 1 sotixlik issiqxona qurib berilib, ish bilan band qilindi.

Ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoji mavjud 15 ta xonadonga 14 tonna 500 kg ko‘mir yetkazib berildi.

Tabiiy ofat yangi kuchli shamol tufayli talofat yetgan “Dul dul” oilaviy shifokorlik punkti binosi tom va fasad qismi to‘liq ta’mirlandi va yangi mebel jihozlar olib berildi.

* * *

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiali tomonidan Qiziltepa tumanida ham aholi, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka o‘qitish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, bo‘ycha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

28 yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi 88 nafar xotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan o‘tkazish, bankda o‘z hisobvaraqalrini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berilmoqda.

Tinglovchilarga kurs yakunida sertifikatlar topshiriladi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA