Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari qisqa satrlarda
12:44 / 2021-01-10

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Navoiy viloyati hamda shahar-tuman hokimliklarida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi.

Barcha ijtimoiy tarmoqlarda вилоят hokimligining telegram kanalida aholi murojaatlarini mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishi uchun ularning telefon raqamlari muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat. 

***

2020 yilda Navoiyda pandemiya sharoitida aholi va tadbirkorlarga 261 ming 441 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu xizmatlarning 254058 tasi DXMlar orqali rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 7883 tasi onlayn tartibda olingan.

Hududlarda aholi va tadbirkorlarga Davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy shahar DXM hissasiga to‘g‘ri kelmoqda - 63011ta. Shuningdek, Qiziltepa tumani DXM orqali - 36236 ta, Karmana tumani DXM orqali - 31015 ta, Zarafshon shahar DXM orqali esa 30996 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.

***

2020 yilda Navoiyda 9086 ta oila nikohi qayd etildi.

Tahlillarga ko‘ra eng ko‘p nikoh Xatirchi tumanida qayd etilgan bo‘lib, 1965 tani tashkil etgan. Tomdi tumanida 50 ta oila nikohi rasmiylashtirilgan.

Ajrimlar soni esa yil davomida 931ta. Shundan sud qarorlariga asosan 693 ta oila ajralgan. Bu holat bo‘yicha Navoiy shahrida eng baland ko‘rsatkich 212 ta bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Tomdi tumanida ro‘yxatga olingan - 3 ta. 

Tahlillar ajrimlar soni 2019 yilga nisbatan 11 taga kamayganini ko‘rsatmoqda.

***

Uchquduq tumanidagi “Uzunquduq” OFY da “Sogdiana“ MCHJ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ochilgan qandolatchilik va tikuvchilik kurslarida tahsil olgan 20 nafar xotin-qizlarga o‘quv-kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda tashkilot rahbari va psixologi tomonidan trening va suhbat tashkillashtirilib, xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv kurslarini davom ettirishga kelishib olindi. 

***

Qiziltepa tuman hokimi Shabon Nabiyev tumanning eng chekka mahallalaridan biri “G‘amxo‘r” mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida 4 tonna ko‘mir va briket, 50 dona suyultirilgan gaz ballonlari bepul tarqatildi.

Bundan tashqari, ommaviy sayyor qabullarda aholi tomonidan taklif va muammolar o‘rganilib, tegishli tashkilot rahbarlariga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Abduvali BO‘RIEV,O‘zA.