Navoiy viloyati teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi yangi binoda ish boshladi
Investitsiya dasturi asosida mazkur muassasaning umumiy qiymati 17 milliard 900 million so‘m bo‘lib, yildan-yilga o‘tuvchi ushbu ob’ektda joriy yilda 8 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Natijada “Tayanch qurilish servis” MCHJ tomonidan shifoxonaning 110 o‘rinli dispanseri hamda 55 qatnovli poliklinika binosi yangidan bunyod etildi.
Mazkur loyiha doirasida kelgusi yilda ham teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi negizida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot muassasasida tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Abduvali BO‘RIEV, O‘zA