Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlandi
21:30 / 2023-03-10

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tillayev O‘tkir O‘ktamovich Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

U.Tillayev 1982 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

A.Bo‘riyev, O‘zA