French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi
15:09 / 2019-10-30

1998 yildan 2009 yilgacha Buxoro viloyati hokimligida bosh mutaxassis, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida direktor o‘rinbosari, bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xulosasiga binoan Navoiy viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimga Dilshod Doniyorovich Mamarajabov tayinlandi.

D. Mamarajabov 1976 yil tug‘ilgan. 1998 yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi filolog. Shuningdek, 2001-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

1998 yildan 2009 yilgacha Buxoro viloyati hokimligida bosh mutaxassis, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida direktor o‘rinbosari, bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

2009 yildan 2019 yilgacha Navoiy viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, Navoiy viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘yicha vakili, “Sport” telerkanali DUK Navoiy viloyati bo‘yicha muxbiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.