Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati hokimi Navbahor tumanidagi ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘ldi
09:57 / 2021-11-16

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navbahor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Viloyat hokimi dastlab tumandagi "Dul dul” mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Aholi tomonidan bildirilgan muammo va e’tirozlarni, jumladan, mavjud ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha qilingan murojaatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, hududdagi 17-, 24-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib ta’lim muassasasidagi yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Shuningdek tashrif davomida tumanning 2-sektor hududida joylashgan "Dul dul", "Navoiy" oilaviy shifokorlik punktlari, "Sarbozor" mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan oilaviy shifokorlik punkti va mahalla binolarini ham ko‘zdan kechirdi.

 

O‘zA