Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati hokimi “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi
10:45 / 2021-09-06

Bugun yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida yangi o‘quv yili boshlandi.

Navoiy viloyatidagi 368 ta umumta’lim maktablarida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 18 ming 284 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

Navoiy viloyati hokimi Navoiy shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Navoiy – Qorako‘l maktabida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida ishtirok etib, pedagoglar jamoasi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.

Shuningdek, viloyat hokimi Navoiy – Qorako‘l maktabida “Mustaqillik darsi”ni o‘tib, mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar, yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, o‘qituvchi va yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, chuqur bilim olishga, yurt tinchligi , Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishishlariga tilak bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida: Navoiy-Qorako‘l maktabining 2020-2021 o‘quv yilida bitirgan 49 nafar bitiruvchilarining barchasi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi.  

[gallery-3769]

Abduvali Bo‘riyev,  

Siroj Aslonov (surat), O‘zA