Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati delegatsiyasi Xitoyda
16:07 / 2023-08-10

Ayni kunlarda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida delegatsiyamiz a’zolari Chunsin shahri Shapinba tumaniga borishdi.

Dastlab mezbonlar "Chongqing International Logistics Hub Park" logistika markazi imkoniyati, majmuaning "Chongqing Railway Port" porti orqali amalga oshiriladigan avtomobil va go‘sht mahsulotlari importi jarayoni, shuningdek nazorat markazida yaratilgan qulayliklar xususida ma’lumot berishdi.

Vakillarimiz "Dry Port Of the New Western Land-Sea Corridor" korxonasi logistika imkoniyati bilan ham tanishdilar.

"Chongqing International Logistics Hub Park" bilan “Navoiy” EIZ hududida “Logistik Xab” tashkil etishga kelishib olindi. Bu park 100 davlatning 300 ga yaqin logistika markazi bilan aloqa bog‘lagan, 20 milliard dollar yillik savdo aylanmasiga ega.

Ikkinchi kun delegatsiya rahbari Normat Tursunovning Chunsin shahri meri Xu Xenxua bilan uchrashuvi chog‘ida Navoiy viloyati va Chunsin shahrining investitsiya salohiyati haqida o‘zaro ma’lumot almashildi, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqani mustahkamlash bo‘yicha muzokara olib borilib, Navoiyda kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va logistika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, jumladan Navoiy-Chunsin qo‘shma erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. O‘zaro sheriklik asnosida keng ko‘lamli aloqani rivojlantirish yuzasidan birodarlik memorandumi imzolandi. Chunsin shahri rahbariyati yurtimizga taklif qilindi.

35 million aholi yashaydigan Chunsinda yalpi hududiy mahsulot hajmi 400 milliard dollardan oshadi.

Kunning ikkinchi yarmida shahar hokimligi va savdo palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston – Xitoy ishbilarmon doira vakillarining ikki tomonlama manfaatli aloqalarini jadallashtirishga qaratilgan savdo-iqtisodiy biznes forumida ishtirok etdi.

Anjumanda Navoiyda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat, xususan, viloyatning investitsiyav, sanoat, savdo-iqtisodiyot, turizm salohiyati haqida taqdimot namoyish etildi, mezbon tomon vakillari savollariga javob berildi.

[gallery-13073]

Tadbir so‘ngida Zarafshon shahri va Chanshou tumani o‘rtasida aloqa o‘rnatish, har tomonlama sheriklikni kengaytirish, “Navoiy” EIZ va Chanshou Iqtisodiy va texnologik rivojlanish hududi o‘rtasida o‘zaro tadbirkorlik faoliyatini uyg‘unlashtirish, investitsiya jalb qilish, turli xizmatlar, transchegaraviy savdo, transport va logistika, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda almashinuvni yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandumlar imzolandi.

Mehmonlar Chunsin shahridagi “Asia Cuanon New Materials Co., Ltd.” korxonasining aqlli avtomatik qurilish materiallari zavodi faoliyati bilan ham tanishdilar.

1998 yil tashkil etilgan mazkur korxona qurilish qoplamasi, dekorativ panel, yangi yong‘inga qarshi va chidamli ixotalash materiallariga ixtisoslashgan. Jamoaning umumiy sarmoyasi 2 milliard dollar.

Delegatsiyaning XXRga safari davom etyapti.

Navoiy viloyati hokimligi

axborot xizmati