Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi Bursa shahridagi faxriy konsuli Ali Baklan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hamda Turkiyaning barqaror iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti rejalariga mos keluvchi dolzarb masalalar bo‘yicha Bursa shahri va Navoiy viloyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.

Normat Tursunov faxriy konsulga mamlakatimiz, shu jumladan, Navoiy viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha elchixona hamda konsullik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Turkiya Respublikasi bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda elchixonaning amaliy ko‘magi muhim bo‘lishini ta’kidladi.


O‘zaro hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi qator sohalarni rivojlantirish istiqbolli haqida fikr almashildi. Tomonlar Navoiy viloyatida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtalib, Turkiya investitsiyalarini jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri