Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy va qozoq adabiyoti” hamda “Qardoshlar” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
16:51 / 2022-02-24

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taniqli adabiyotshunos olim, yozuvchi, shoir, tarjimon va jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Qaldibek Seydanov tavalludining 80 yilligi hamda “Navoiy va qozoq adabiyoti” hamda “Qardoshlar” nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Qaldibek Seydanovning sermazmun ijodiy faoliyati xususida so‘z yuritildi.

[gallery-5886]

Adibning taqdimoti o‘tkazilgan “Navoiy va qozoq adabiyoti” nomli tadqiqot asari uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limi o‘zbek va qozoq xalqlarining adabiy aloqalariga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi qismida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va she’riyati tasvirlangan. Uchinchi bo‘limda esa qozoq adabiyoti asoschisi Abay haqida ma’lumotlar jamlangan. 
Ushbu kitob “Adabiyot” nashriyoti tomonidan chop etildi.

Yozuvchining “Tafakkur” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan “Qardoshlar” nomli kitobida esa qardosh o‘zbek va qozoq xalqlarining azaliy do‘stligi, adabiy-madaniy aloqalari haqida hikoya qilinadi.

Kamola Yusupova, 
Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA