Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy siymosi mangu barhayot
15:28 / 2024-02-08

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarini o‘qigan kishi borki, hayot va unda yashamoq mazmunini-ma’nosini chuqur anglaydi. Ilm-fan, san’at insoniyat hayotida muhim mayoqligini, shirinso‘zlik tinchlik va totuvlik kaliti ekanini tushunadi.

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan olis So‘x tumanida Hazrat Alisher Navoiy bobomizning 583 yilligiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Unda buyuk mutafakkirning kelajak avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi va uning bugungi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

So‘xlik o‘quvchilar necha asr o‘tsa hamki Navoiy asarlariga mehrlari chanqoq ekanini ijodlari orqali namoyon qildi. 

Shundan so‘ng, So‘x tumanida xizmat qilayotgan askarlar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

[gallery-15855]

N.Bozorova, O‘zA