Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy siymosi mangu barhayot
15:32 / 2022-02-09

«Vatandoshlar» jamoat fondi hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan «Alisher Navoiy siymosi mangu barhayot» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda yurtimizdagi  fan arboblari, navoiyshunos olimlar, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxona vakillari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Navoiyning hayot va ijod yo‘li etirof etildi. 

Qayd etilganidek,  Hazrat Navoiy nafaqat ijodda balki jamiyatda ham faol shaxs sifatida e’tirof etiladi. Uning asarlarida jamiyat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustun.  Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha rang-barang bo‘lib, uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelish bilan birga adabiyot vakillari uchun ilhom manbai hisoblanadi.

Shahnoza Mamaturopova,  O‘zA