Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy shahar va Konimex tuman davlat arxivi zamonaviy binolarda ish boshladi
17:37 / 2021-06-11

Navoiy viloyatining Navoiy shahri shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi va Konimex tuman davlat arxivi binolarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Arxiv binolarining tantanali ochilish marosimlarida “O‘zarxiv” agentligi rahbari Ulug‘bek Yusupov, Navoiy viloyati va Konimex tumani hokimliklari mutasaddilari, Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, shahar va tumanlar arxiv muassasalari rahbarlari, arxivchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qurilish ishlari “Ta’mirsetisavdo” MCHJ tomonidan amalga oshirilib, 1,2 milliard so‘m sarflandi.

Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi o‘z faoliyatini 1994 yildan Navoiy shahar xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi sifatida boshlab, o‘tgan davr mobaynida Navoiy shahridagi 239 ta tashkilotning 51400 saqlov birligidagi hujjatlarini 239 fondda depozitar saqlayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv xizmatini ko‘rsatuvchi mukammal muassasaga aylandi.

Shuningdek, Konimex tuman davlat arxivi ham rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. 424 million so‘m sarflangan binoni ta’mirlash ishlari “Zarangori kapital ekspress” MCHJ tomonidan bajarildi.

[gallery-2760]

Konimex tumani davlat arxivi o‘z faoliyatini 1982 yilda moslashtirilgan eski bog‘cha binosida Navoiy viloyati davlat arxivining filiali sifatida boshlab, o‘tgan davr mobaynida Konimex va Navbahor tumanlaridagi 193 ta tashkilotning 19599 saqlov birligidagi hujjatlarini 225 fondda milliy arxiv fondi hujjatlari saqlayotgan davlat arxivi muassasasiga aylandi.  

Mazkur binoning ochilishi bilan yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekovaning 2019 yilda Koreya Respublikasining Seul shahriga xizmat safari davomida orttirgan tajribasi asosida Konimex tumani davlat arxivi binosi foyesida Koreya moduli asosida “Konimex: Kecha va bugun” mavzusidagi muzey tashkil etildi.

Tadbir davomida Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, shahar va tumanlar arxiv muassasalarining bir guruh xodimlari rag‘batlantirildi.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA