Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy obrazi san’atda: davrlar orasidagi muloqot
16:06 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy. Davrlar muloqoti” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida taniqli rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Nikolay Shinning 40 ga yaqin grafik va rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Asarlar rassomning oila a’zolari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularda Navoiy shaxsiyati va ma’naviy olami badiiy talqin etilgan.

[gallery-27508]

Nikolay Shin O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning ijodida Alisher Navoiy obrazi madaniy uyg‘unlik va ma’naviy muloqot ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ko‘rgazma ochilishida madaniyat va san’at sohasi vakillari, rassomning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma asarlari orqali tomoshabin Navoiyni ma’naviy yo‘lboshchi va umuminsoniy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida anglaydi.

Kamola Yusupova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA