Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy nomi bilan uyg‘unlashgan ma’naviy maskan
20:33 / 2026-02-09

FOTOREPORTAJ

Bugun buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Uning boy ilmiy-adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari va ona tilimizni yuksak pog‘onaga ko‘targan ijodi asrlar osha xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Shu bois Navoiy nomini abadiylashtirish ulug‘ zotga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirofning yorqin ifodasidir.

Poytaxtimizda shoir nomi abadiylashtirilgan manzillar orasida Alisher Navoiy metro bekati alohida ahamiyat kasb etadi. U nafaqat zamonaviy transport infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini, balki milliy madaniyat va ma’naviyatni o‘zida mujassam etgan maskan sifatida e’tiborlidir.

[gallery-27564]

Alisher Navoiy bekati Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, sharqona me’morchilik an’analari asosida barpo etilgan. Marmar bilan qoplangan ustunlar, gumbazsimon bezaklar, milliy naqshlar va nafis ornamentlar Navoiy davri ruhini aks ettiradi. Devorlardagi badiiy pannolarda esa shoir ijodiga xos g‘oyalar klassik miniatyura uslubida ifodalangan.

Bu yerda har kuni minglab yo‘lovchilar harakati kuzatilib, kundalik hayot manzaralari buyuk shoir nomi bilan uyg‘unlashgan holda o‘ziga xos ma’naviy muhit yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu maskan buyuk ajdodimiz xotirasining manguligini o‘zida mujassam etgan holda xalqqa xizmat qilib kelmoqda.

Kamola Yusupova, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA