Navoiy muxlislari uchun tuhfa
Alisher Navoiy ijodi asrlar osha insoniyatni ezgulikka, barkamollikka chorlab kelmoqda. Shu bois mutafakkirning asarlari mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning olimlari tomonidan hanuz katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ulug‘ mutafakkirning asarlari muttasil chop etilmoqda.
Navoiy she’riyatini asliyatda o‘qib o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib tuhfa tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat adabiyot muzeyi tomonidan Navoiy she’riyatidan saylanma arab yozuvida va kirill harflari bilan taqdim etildi.

"Navoiy devoni qo‘lyozmalaridan saylanma (101 g‘azal)" deya nomlangan ushbu kitobni navoiyshunos olima va mohir xattot Ma’mura Rashidova tayyorlagan. Mas’ul muharrir – Otabek Jo‘raboyev.
Kitobda Adabiyot muzeyi fondidagi Navoiy qo‘lyozmalaridan saralab olingan g‘azallar o‘rin olgan.
N.Usmonova, O‘zA