Navoiy millatimizning ma’naviy quyoshi (+video)
Mamlakatimizda Amir Nizomiddin Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bu buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi 1441 yili tug‘ilib, 1501 yili vafot etgan. U asosan turkiy, qisman esa forsiy tilda ijod qildi.
Shoir o‘sha davr adabiyotining qariyb barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘rdi. 1483 ‒ 1485 yillarda “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ayi sayyor” “Saddi Iskandariy” dostonlarini qamrab olgan ilk turkiy “Xamsa”ni yaratdi.
Alisher Navoiy asarlari Yer yuzining ko‘plab tillariga tarjima qilingan. E’tiboringizga hazrat Navoiy qalamlariga mansub g‘azalidan olingan parchani arab tilida taqdim etamiz.
Yo‘q hunari yolg‘uz esa o‘z kishi,
Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi.
Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg‘uz ovuchdin kim eshitmish sado?
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZeY9j3t-Sgw" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>