French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy merosi – millat xazinasi
11:46 / 2024-02-09

Bojxona qo‘mitasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.    

Darhaqiqat, Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.   

Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi. Jumladan, shoir tug‘ilgan qutlug‘ 9 fevral sanasini har yili adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash an’anasi qaror topdi.    

Buyuk ajdodimiz yaratgan o‘lmas asarlar xalqimizning boy ma’naviy merosi sifatida abadiyatga muhrlandi. Shoir ijodida, ayniqsa yoshlar tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Navoiyning ta’biricha, aql, ilm insonning eng go‘zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir. Ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerakligi ta’kidlandi.    

Tadbir davomida Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ushbu sanaga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik namoyish qilindi, g‘azallar o‘qildi. Shuningdek, Navoiy g‘azallariga bitilgan mumtoz kuy-qo‘shiqlar jonli tarzda ijro qilindi.    

Sh.Mamaturopova, O‘zA