Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ishchi-xodimlarini tashish uchun yangi o‘rindiqli vagonlar topshirildi
13:44 / 2025-06-12

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan yangi o‘rindiqli vagonlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zavod “Yangi O‘zbekiston” timsoli ko‘rinishidagi zamonaviy dizaynga ega yangi yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. U yerda yana bir yangi 61-933 rusumdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ishchi-xodimlarini tashish uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli vagonlar ishlab chiqarilib, foydalanishga topshirildi. 

[gallery-23864]

61-933 rusumdagi yo‘lovchi vagonlari 110 ta o‘rindiqli, 50 ta yo‘lovchi turib ketishi uchun mo‘ljallangan. Umumiy 160 ta yo‘lovchiga xizmat qilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilgan bo‘lib, qulay va keng, havo sovutish va isitish tizimi bilan jihozlangan zamonaviy interer bilan o‘ziga xos ko‘rinishga ega.

Gulnoza Boboyeva, 
Nosirjon Haydarov(surat),
O‘zA