Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelmoqda. Bunday holatlar tufayli Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar yuz bermoqda.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
O‘zA