Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy ijodi dunyo sharqshunoslari nigohida – muammolar va yechimlar
10:52 / 2021-01-27

Ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qarashlar kun sayin o‘zgarib, ularni tadqiq etish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu borada o‘tmish ijodkorlarimiz, shoiru mutafakkirlarimiz merosini asliyatda o‘rganish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ayniqsa, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy yozma merosini o‘rganish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida navoiyshunoslar oldiga bir qancha vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridandir.

Ayni shu xayrli maqsad yo‘lida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari ko‘plab tadqiqot ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorining 13-bandida keltirilgan: «Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni» tadqiq etish borasidagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish universitetimiz olimlari oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.

Bu borada o‘tgan o‘n yil orasida universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari tomonidan sharq allomalari, xususan, Alisher Navoiyning bir qator asarlari matnlari chop etildi. Xususan, Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari Q.Sodiqovning tahlil, tabdil va talqini ostida «Akademnashr» nashriyoti tomonidan nashr etildi. M.Imomnazarovning»Navoiyshunoslik» nomli monografiyasi yuzaga keldi.

Joriy yil Alisher Navoiy tavalludiga 580 yil to‘lishi bilan ushbu qutlug‘ sanaga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bu bayramga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘tgan yillarda A.Navoiy tavallud kuniga atab badiiy kechalar, uchrashuvlar, respublika miqyosidagi konferensiyalar o‘tkazib kelingan bo‘lsa, bu yil ushbu konferensiyani xalqaro miqyosida o‘tkazish rejalashtirilgan. 5-6 fevralda «Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida» nomli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiyaga dunyoning ko‘plab OTM va ITIlaridan, jumladan Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Kanada, Vengriya, Shvetsiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Misr, Eron kabi jami 13 ta davlatning yirik navoiyshunos mutaxassislari ishtirok etishlarini bildirib, o‘z maqola, ma’ruzalarini jo‘natishgan. Ushbu maqolalarda Navoiy ijodining sharqshunoslar tomonidan o‘rganilishi, shoir asarlariga yangicha nigoh, sharqshunoslarning ijodkor asarlari ustida olib borilgan tadqiqotlari o‘z aksini topgan. Shu bilan birgalikda, navoiyshunos-sharqshunoslar oldida turgan kelgusidagi vazifalar, ularning yechimlari kabi masalalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

 R.Alimuhamedov,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari doktori