Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Navoiy" IESning quvvati 450 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
09:42 / 2023-03-30

Ayni kunlarda "Navoiy" IESning quvvati 450 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlash ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Qurilmaning barcha qismlari mutaxassislar tomonidan nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.  

Ta’mirlash ishlari stansiyaning 150 nafar, “Mitsubishi” kompaniyasining (Yaponiya) 13 nafar malakali mutaxassislari tomonidan bajarilmoqda.  

Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad energoqurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash orqali iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishdan iboratdir.  

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur bug‘-gaz qurilmasi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, dunyoning eng so‘nggi texnologiyalari asosida bunyod etilgan.  

 

O‘zA