Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy HETK” aksiyadorlik jamiyatida tarixiy muzey ish boshladi
17:34 / 2020-12-22

2022 yil 30 aprelda “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari” AJning tashkil etilganligiga 40 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan korxonada tarixiy muzey o‘z faoliyatini boshladi.

Korxona binosining birinchi qavatida joylashgan muzey xonasi loyiha asosida ta’mirlandi. Bezash ishlari esa O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan olib borildi.

Muzey 7 bo‘limdan iborat bo‘lib, tarixiy hujjatlar, fotoalbomlar, buyumlar va korxona faoliyatiga oid eksponantlar hamda jihozlar o‘rin olgan

− Mazkur muzey xonasiga korxonaning 1982 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi faoliyatini o‘zida aks ettirgan turli hujjatlar va eksponantlar joylashtirildi, − deydi muzey muhofizi Amin Qodirov. − Navoiy viloyati elektr tarmoqlari korxonasi 1999 yilda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida joylashgan Sifat bo‘yicha xalqaro tanlov qo‘mitasining qarori bilan “Sifat uchun xalqaro Oltin Yulduzi” sovrini bilan taqdirlangan. Medal hamda sertifikat, shuningdek, “Navoiy HETK” AJ bo‘limlari, ishchi-xizmatchilari mehnat faoliyatidagi yutuqlari, elektr energiya sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar foto suratlari ham joy olgan.

Muzeyda mo‘jazgina kutubxona ham tashkil etilgan bo‘lib, unda tarixiy, badiiy, texnik va jahon adabiyoti namunalari mavjud.

Ayni paytda korxona faoliyati, unda mehnat qilayotgan faxriylar, faol xodimlar haqida hikoya qiluvchi, ularning xotiralari asosida yozib olingan hikoya va ocherklar jamlangan “Nurli manzillar” nomli kitobi nashrga tayyorlanmoqda.

 

Abduvali BO‘RIEV,

Siroj ASLONOV (foto), O‘zA