Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy haqida yana bir roman
17:43 / 2021-08-13

Yangi kitoblar

Innovatsion rivojlanish vazirligida Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi va taniqli yozuvchi Isajon Sultonning «Alisher Navoiy» romanining taqdimoti o‘tkazildi.

Vazirlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning 6 oylik yakuni bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

Adabiyotshunoslar, yozuvchining muxlislari va yosh olimlar ishtirokidagi tadbirda innovatsion rivojlantirish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, adabiyotshunos olimlar Shuhrat Rizayev va Bahodir Karimlar bugungi kunda ilmga va ijod qilishga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi. Isajon Sultonning yangi romani haqida iliq fikrlar bildirildi. Vazirlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi yuzasidan qilingan ishlar sarhisob qilindi. «Alisher Navoiy» romani keng e’tirof etildi.

– Hazrat Navoiyning har bir misrasi katta ilm, –deydi adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev.– Uning hali tadqiq qilinmagan jihatlari ko‘p. Oybek domlaning Navoiy romanidan qariyb 80 yil o‘tib, Isajon   Sulton ushbu romanni yozdi. Kitobni sekin, mag‘zini chaqib o‘qidim. Yozuvchi ko‘p izlangani, mashaqqat chekkani bilinadi. Isajonda men hurmat qiladigan, yaxshi ko‘radigan bir narsa bor. U ham bo‘lsa, ravon yozadi. Shu jihati bilan boshqa o‘quvchilarni ham o‘ziga jalb etsa ajab emas. Roman bir kunda o‘qib bo‘linadigan, yo‘l-yo‘lakay o‘qiladigan asar ham emas. Uni diqqat bilan, har bir so‘z yukini, yozuvchining nima demoqchi ekanligini his qilgan holda o‘qish kerak.

Asarda Alisher Navoiyning yaqin qarindoshlari, tog‘alarining o‘rni, uning Husayn Boyqaro bilan munosabatlari juda go‘zal  ifodalangan. Navoiyning dinga yaxshigina homiylik qilgani haqida gap boradi. Umuman olganda, badiiy  asar o‘quvchiga yangi va yaxshi  ma’lumotlar  ulashadi. Bunday asarlarni ko‘paytirish kerak. Tarixiy asarlar yozishga hech qanday cheklov yo‘q. Hazrat Alisher Navoiy shaxsiga murojaat qilish taqiqlanmagan. Bu katta imkoniyat. Bundan nafaqat Isajon, boshqa ijodkorlar ham unumli foydalanishini xohlayman.

Isajon Sultonning «Alisher Navoiy» romani uch ming nusxada, «Adabiyot» nashriyotida chop etilgan.

Ma’rifiy tadbirni vazirlikning viloyatdagi xodimlari ham onlayn kuzatish imkoniyati bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilariga adibning yangi kitobidan tuhfa qilindi.

 

D. Mamatova, O‘zA