Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy futbol akademiyasiga “Isuzi” avtobusi berildi
12:29 / 2022-08-19

Yurtimizning barcha hududlarida o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy viloyati hokimligida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi futbol faxriylari, mutaxassislar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat rahbari Normat Tursunov, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi – Bosh direktor Quvondiq Sanaqulov, viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov, viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Elbek Urunov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azat Tasbayev, Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi rahbari Bahodir Toirov O‘FA ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mehmonlar shahar markazidagi “Yoshlik” o‘yingohida futbol bo‘yicha Superliga 16-tur doirasida o‘tkazilgan “Qizilqum” va “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatdi.

Uchrashuv avvalida Navoiy futbol akademiyasiga viloyat hokimligining sovg‘asi – “Isuzi” avtobusi topshirildi.

Uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA