Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navbatdagi ziyo maskani Kosonda ochildi
18:52 / 2020-08-24

Ushbu farmon asosida yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ham yangi tashabbus va gʻoyalarni hayotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasini Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishdagi roli va ahamiyatini yangi bosqichga koʻtardi. 

Ushbu farmon asosida yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ham yangi tashabbus va gʻoyalarni hayotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirishga hamda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlari joriy etilishiga katta eʼtibor berilmoqda.

photo_2020-08-24_19-24-47.jpg

Bugungi kunda mahalliy hokimliklarning amaliy koʻmagida, Federatsiya tomonidan aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, tuman shaharlarda kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida huquqiy va badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga xizmat qiladigan, isteʼmolchilik sohasi, siyosiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlangan “Isteʼmolchi kutubxonasi” va aholini isteʼmolchi sifatidagi huquqiy bilimini yuksaltirish maqsadida “Isteʼmolchilar uyi” loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Loyiha doirasida shu kunga qadar 10 ta shu kabi ziyo maskanlari qurib foydalanishga topshirildi. Kelgusida yana 50 dan ortiq barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega boʻlgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” binosi qurib bitkazilishi reja qilinmoqda.

Navbatdagi bilim maskanining ochilishi, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida boʻlib oʻtdi. Kutubxona ochilishida Respublika maʼnaviyat markazi aʼzolari, viloyat senatorlari va bir qator faollar ishtirok etdi. Federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov mazkur maskanlar yoshlarning hamda aholining isteʼmolchi sifatidagi huquq va bilimlarini yana-da mustahkamlashi, bandligi taʼminlanishidan xursand ekanligini taʼkidladi.

photo_2020-08-24_19-24-41.jpg

Endilikda, Koson tumanining yoshlari uchun foydalanishga topshirilayotgan mazkur binolardan har bir fuqaro oʻzining isteʼmolchi sifatidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatiga ega boʻladi.

Aynan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondida Oʻzbekiston qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallardagi maʼlumotlar joylashtiriladi. Bundan tashqari kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmasi ham oʻrnatiladi.

“Isteʼmolchilar uyi” binosida esa, fuqarolarning isteʼmolchilik huquqlari buzilganda ularning ariza va murojaatlari qabul qilinadi. Ahamiyatlisi, mazkur “Isteʼmolchilar uyi” binosi qoshida bir qancha yoshlar uchun ish oʻrinlari ajratilgan boʻlib, unda tikuv-sexi tashkil qilingan. Bu esa oʻz oʻrnida yigit-qizlarning kasb-hunar egallashlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmak boʻladi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya 
qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati