English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navbatdagi turistik charter poyezdi - yurtimizning qadimiy shaharlariga yo‘l oldi!(+video)
11:48 / 2023-09-24

Ma’lumki, joriy yil 15 sentyabrdan boshlab, 15 oktyabrgacha aksariyat yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirmoqda. Poytaxtga temir yo‘l orqali Janubdan kirish darvozasi hisoblangan ushbu maskanda, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, vokzalga kirishda bir bosqichli nazorat nuqtalari, chiptaxonalar, kutish zallari tunu-kun faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari yo‘lovchilarni kuzatish va kutib olish uchun keladigan avtomobillar uchun alohida avtoturargoh ham tashkil qilindi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 150 tagacha avtomobil qo‘yish imkoniyati mavjud. Ana shunday qulayliklarga ega bo‘lgan “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaliga, 23 sentyabr kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahridan o‘z harakatini boshlagan navbatdagi turistik charter poyezd yetib keldi.

10 yildan buyon qatnovini amalga oshirayotgan mazkur poyezd, ilk bor Janubiy vokzalda kutib olindi.  

Amerikadan kelgan 65 nafarga yaqin sayyoh ushbu poyezdda Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Hozirgi kunda "Orient Silk Road Express" nomi bilan "Olma-ota — Bishkek — Toshkent — Qo‘qon — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xo‘jand — Xiva — Buxoro — Toshkent — Buxoro — Xiva — Xo‘jand — Samarqand — Kitob — Qamashi — Qo‘qon — Toshkent — Bishkek — Olma-ota" yo‘nalishida turli davlatlar sayyohlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  

Poyezd 9 ta asosiy va 1 ta zaxira vagondan iborat. Ya’ni, 4 ta lyuks vagon (har biri 8 o‘rinli), 2 ta yuqori qulaylikdagi o‘z dushiga ega bo‘lgan vagon (16 o‘rinli), 2 ta restoran vagoni, 1 ta kupe vagon mavjud.  

Ushbu turistik charter poyezdida mamlatimizga kelgan sayyohlar 9 kun davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tomosha qiladilar. Shundan so‘ng, qo‘shni davlatlarga jo‘nab ketadilar.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/cQMGGpsX91Y?si=n_wzNP_Wkr7xDYR9" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

N. Mardonov, Yo. Meliboyev  O‘zA