French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navbatdagi qasamyod tadbiri o‘tkazildi (+video)
16:41 / 2026-03-10

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikning navbatdagi kursida tahsil olayotgan 400 nafardan ziyod tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbir boshida o‘zining shijoati va bilimi bilan namuna ko‘rsatgan tinglovchilar tomonidan saf maydoni bo‘ylab o‘zgacha g‘urur va chuqur mas’uliyat bilan baland ko‘tarilgan holda davlatimiz bayrog‘i vazirlik orkestri ijrosi ostida, tantanali ravishda olib o‘tildi hamda bir chiziqda rostlanib saf tortgan tinglovchilar va boshqa ishtirokchilar tomonidan davlatimiz madhiyasi ijro etildi.

Tadbirda istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida professional asosdagi ichki ishlar organlari shakllangani, ushbu tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat olib borayotganliklarini alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, o‘quv yig‘iniga jalb etilgan, boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘tayotgan tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimizga va Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilish borasidagi tantanali qasamyodni qabul qildilar.

So‘zga chiqqan faxriylar, tinglovchilarning yaqinlari hamda boshqa qatnashchilar Qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusidagi sharafli xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tinglovchilar o‘z qasamyodlariga sodiq qolgan holda kuchli mas’uliyat hamda shijoat bilan ish olib borishlariga umid bildirib, ularning kelgusidagi faoliyatida omad hamda zafarlar tilaymiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-OkfsfZVCWY" title="Navbatdagi qasamyod tadbiri o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA