Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navbatdagi qasamyod tadbiri o‘tkazildi (+video)
17:30 / 2026-01-13

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlikning navbatdagi kursida tahsil olayotgan 280 nafardan ziyod tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida professional asosdagi ichki ishlar organlari shakllangani, ushbu tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat olib borayotganliklarini alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda tinglovchilarning ota-otanlari, aka-ukalari, yaqinlari, Bektemir tumanidagi 290,291 va 293 umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdilar.  

So‘zga chiqqan faxriylar, tinglovchilarning yaqinlari hamda boshqa qatnashchilar Qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusidagi sharafli xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tinglovchilar o‘z qasamyodlariga sodiq qolgan holda kuchli mas’uliyat hamda shijoat bilan ish olib borishlariga umid bildirib, ularning kelgusidagi faoliyatida omad hamda zafarlar tilaymiz!

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_q_6hWv4oqA" title="Navbatdagi qasamyod tadbiri o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA