Navbatdagi kengash yig‘ilishi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat va mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda Kengash a’zolari qatnashdi va 2025 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi.
Yig‘ilish davomida partiyaning joylardagi faolligi, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazorati, yoshlar bilan ishlash, deputatlik guruhlari faoliyati, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilgan ishlar chuqur tahlil qilindi.

Shuningdek, Kengash yig‘ilishida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Yig‘ilish yakunida partiya faoliyatini yanada takomillashtirish, jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish, ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oybek Rahimov ishtirok etdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.