Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor”: yillar, raqamlar va natijalar
15:13 / 2025-12-20

Shu yilning 30 noyabrida nihoyasiga yetgan mamlakat XXIV milliy chempionati superligasida Namanganning “Navbahor” jamoasi 40 ochko jamg‘arib, mavsumini yettinchi o‘rinda yakunladi.

Shuni alohida e’tirof etish darkor, “Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon oliy liga, superligada muntazam qatnashayotgan ishtirokchilardan biri sanaladi.

Ortda qolgan 34 chempionatda “Navbahor” jamoasi 988 o‘yin o‘tkazib, ularda 454 bor zafar quchgan. 218 bellashuvda durang qayd etib, 316 bahsni mag‘lubiyat bilan yakunlashgan majbur bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida raqiblar darvozasiga jami 1 ming 585 marta gol urib, o‘z darvozasidan 1 ming 144 to‘p olib chiqqan. Namanganlik futbolchilarning 1992-2025 yillar davomida uchrashuvlarda jamg‘argan jami ochkosi 1 ming 580 taga yetgan.

Milliy chempionatlar tarixida shu paytgacha “elita”da qatnashgan 40 ta jamoa orasida “Lochinlar” umumiy ochkolar soni bo‘yicha faqatgina Toshkentning “Paxtakor” (jami 2 ming 155) va Farg‘onaning “Neftchi” (jami 1 ming 729) jamoalaridan ortda bormoqda. To‘rtinchi pog‘onadagi Qarshining “Nasaf” klubi umumiy ochkosi esa 1 ming 547 ta.

Darvoqe, o‘tgan o‘ttiz to‘rt yil mobaynida stadionlarga tomoshabinlarni to‘plash borasida “Navbahor” muxlislari yetakchilikni qo‘ldan bermasdan kelmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.