“Navbahor” va “Nasaf”ni jiddiy sinov kutmoqda
Joriy yilning 14-15 fevral kunlari futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi start oladi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston sharafini “Navbahor” va “Nasaf” klublari himoya qiladi.
Jumladan, 14 fevral kuni “Nasaf” o‘z maydonida BAAning “Al-ayn” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazsa, “Navbahor” 15 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan raqobatlashadi.

Bugunga kelib jamoalarimiz o‘zining kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Aniqrog‘i, Samvel Babayan kengaytirilgan tarkibga 27 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, “Nasaf” klubi 29 nafar futbolchidan iborat tarkibni shakllantirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Al-Ittihod” va “Nasaf” – “Al-Ayn” uchrashuvi chiptalari stadion kassalarida va rasmiy saytlarda sotuvga chiqarilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA