Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor tongi”da ijodiy uchrashuv
11:45 / 2025-10-03

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Otabek Aslonov hamda uyushma a’zolari Navbahor tumani hokimligi muassisligidagi “Navbahor tongi” gazetasi tahririyatida bo‘lib, xodimlar faoliyati, jamoaning yutuqlari, kelajakdagi rejalari, tahririyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Ijodiy muloqot jarayonida Otabek Aslonov Prezidentimiz tomonidan 2022 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ahamiyati haqida to‘xtaldi.

- Tan olish kerak, har bir jamiyatda gazetaning o‘z o‘rni bor, - dedi O. Aslonov. - Agar jahon matbuotiga razm soladigan bo‘lsak, bugungi kun gazetalari axborot yetkazuvchi manbaa emas, balki hodisaga, holatga xolis baho beruvchi, uni tahlil qiluvchi va o‘rinli taklif kirituvchi muhim vositaga aylangan. 

[gallery-25583]

Samimiy suhbat chog‘ida jurnalistlar va tahririyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashishning samarali natijalari, yosh jurnalist va ijodkorlarga tajriba maktabi sifatida ushbu gazeta qoshida tashkil etilgan “Mahorat maktabi” tinglovchilari, ularning ijodiy izlanishlari xususida ham so‘z yuritilib, taklif va tavsiyalar berildi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA