Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor” superliga birinchi davrasini peshqadam sifatida yakunladi
19:01 / 2023-07-04

Futbol bo‘yicha mamlakat milliy chempionati superligasining qoldirilgan 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida “Buxoro” klubini qabul qildi.

Ushbu uchrashuvning ahamiyati mezbonlar uchun alohida o‘rin tutardi. Boisi, g‘alaba “Lochinlar”ni musobaqaning birinchi davrasini peshqadam sifatida yakunlash imkoniyatini berardi. Ayni shundan ham Samvel Babayan shogirdlari kechikkan bahsni ko‘tarinkilik bilan boshladi. Birinchi bo‘limda asosan o‘yin asosan ko‘hna shaharliklarning darvozasi oldida kechdi. Mezbonlarning shiddatli zarbalarni qaytarishda mehmonlar posboni Sardor Qobuljonov jamoadoshlarining joniga aro kirdi.  

Ikkinchi bo‘limda buxorolik futbolchilar raqibga nisbatan teng o‘ynab, munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Superliga yetakchilaridan biri va musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinlarda borayotgan klubning maydonda shijoat bilan bahslashishi o‘zbek futbolining saviyasi o‘sib borayotganidan dalolat beradi. 81-daqiqada maydon egalari standart vaziyat natijasida hisobni ochdi. Jasurbek Yaxshiboyevning burchakdan uzatgan to‘pini bolqonlik legioner Milosh Milovich boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ushbu gol “Navbahor” ga ochkolar sonini 29 ta yetkazgani holda, birinchi davrani karvonboshi sifatida yakunlashini ta’minladi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.