Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor”-“Paxtakor” o‘yinidan so‘ng shikastlangan MTRK avtomobili ta’mirlab berildi
23:38 / 2021-04-18

Futbol bo‘yicha mamlakat Superligasi 5-turi doirasida o‘tkazilgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning oqibatida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga tegishli bo‘lgan ko‘chma televizion stansiyaning maxsus avtomobili shikastlangandi.

Tartibsizliklar uyushtirgan muxlislar jazoga tortildi. MTRK avtomobili esa ta’mirdan chiqarildi.

“Navbahor” klubi rahbariyati endi bunday tartibsizliklar yuz bermasligi hamda jamoa ishqibozlari muxlislik madaniyatiga amal qilishlariga umid bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor” ishtirokida ikki uchrashuvni tomoshabinlarsiz o‘tkazish haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaror qabul qilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA