Professional futbol klublari uchun yil yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan tahlillar o‘tkazish an’anaga aylangan. Shu jumladan, joriy mavsumda “Navbahor” futbol klubining Superligada qayd etgan natijalari yuzasidan ham sarhisob qilindi.
Klubning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, “Navbahor” 2025 yilgi mavsumda Superligada 30 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 10 ta durang va 10 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa 40 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egalladi.
Namanganlik futbolchilar o‘z maydonidagi uchrashuvlarda 7 ta g‘alaba, 6 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Safar o‘yinlarida esa 3 ta g‘alaba, 4 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat bilan cheklangan. Jamoa umumiy hisobda raqiblar darvozasiga 41 ta to‘p kiritib, 37 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Muhim jihat shundaki, “Navbahor” mavsumning 12 ta uchrashuvida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Shuningdek, 2025 yilgi mavsum davomida jamoa 7 marta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomqulov klubning “Yil futbolchisi” sifatida e’tirof etildi. U jami 33 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan “Yil kashfiyoti” sovriniga sazovor bo‘ldi.
Umid qilamizki, 2026 yilgi mavsumda “Navbahor” jamoasi o‘zining yangi bosh murabbiyi Temur Kapadze qo‘l ostida ulkan marralarni zabt etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA