Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor” kichik hisobda zafar quchdi
08:17 / 2025-09-28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turining navbatdagi kunida “Navbahor” va “Qizilqum” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tgan ushbu uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. “Navbahor” klubiga g‘alaba keltirgan golga 69-daqiqada Pedro Augusto mualliflik qildi. Darvoqe, Pedro mazkur bahsning 68-daqiqasida maydonga tushgan edi. Shu tariqa “Navbahor” ochkolarini 36 taga yetkazib oldi. “Qizilqum” esa 26 ochko bilan qoldi.

Bugun, 28 sentyabr kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” klublari 23-tur doirasida o‘yin o‘tkazadi. Ayni damda mezbonlar 22 ochko bilan 13-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, poytaxt klubi 38 ochko to‘plagan holda liganing 5-pog‘onasidan joy olgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA