Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navalniy Rossiyadan tashqariga chiqa olmaydi
18:47 / 2018-11-13

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy 13 noyabr kuni Fransiyaning Strasburg shahriga Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi qarorini eshitish uchun ketmoqchi boʻlganida chegara xodimlari tomonidan ruxsat berilmagan.

“Chegarachilar menga Rossiyadan chiqish eshiklari yopiqligini aytishdi. Qandaydir xat bor ekan. Bunga izoh berilmadi”, deya yozgan siyosatchi tvitterdagi sahifasida.

15 noyabr kuni Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi Aleksey Navalniyning Rossiya hukumatiga nisbatan daʼvosi yuzasidan qaror chiqarishi kutilmoqda. Siyosatchi oʻzining 2012 yildan 2014 yilgacha boʻlgan muddatda siyosiy tadbirlar chogʻida 7 marta noqonuniy qoʻlga olingani yuzasidan shikoyat qilgan. Bundan avvalroq, 2017 yil fevralida sud ushbu holat yuzasidan Navalniyga 63,7 ming yevro miqdorida tovon puli toʻlanishi lozimligi boʻyicha hukm chiqargandi, ammo RF Adliya vazirligi ushbu hukm yuzasidan Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga shikoyat qilgan edi.