NATOning 2022 yil uchun byudjeti tasdiqlandi
NATO 2022 yilga mo‘ljallangan fuqarolik va harbiy byudjeti tasdiqlandi.
2022 yilda Alyans byudjeti 289,1 million yevroga (170 million dollar) oshadi, bu esa harbiy va fuqarolik xarajatlarini qoplaydi.
Bu miqdor o‘tgan yilga nisbatan 8,9 foizga ko‘pdir.
Harbiy byudjet 1,56 milliard yevroni (1,77 milliard dollar) tashkil etadi. Bu 2021 yilga nisbatan 3 foiz kam demakdir.
NATOning barcha a’zolari o‘zlarining yalpi milliy daromadidan kelib chiqib, umumiy xavfsizlik asosini tashkil etishga hissa qo‘shadi.
Byudjetdan tashqari, qurilish va boshqaruv dasturi doirasida xarajatlarning maksimal chegarasi 790 million yevro (894 million dollar) qilib belgilandi.
Ulug‘bek Mahmirzayev