Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NATO Ukrainaga qurol yordamini oshirmoqchi
22:47 / 2025-10-15

NATO mudofaa vazirlari Bryusselda yig‘ilib, Ukrainaga harbiy ko‘makni kuchaytirish va Rossiyaning so‘nggi havo zarbalariga javoban Alyansning sharqiy mudofaasini mustahkamlash masalasini muhokama qilmoqda.

So‘nggi oylarda G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol va o‘q-dori yetkazib berishi 43 foiz kamaygani haqida Kel instituti ma’lum qilgan. Daniya, Niderlandiya va Norvegiya AQSHdan qurol sotib olib, Kiyevga yubormoqda. Italiya, Ispaniya kabi ayrim davlatlar esa jarayondan ortda qolmoqda.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte mamlakatlarni yuborilgan texnika va havo mudofaasi tizimidan foydalanish bo‘yicha qo‘ygan cheklovlarini bekor qilishga chaqirdi. Uning aytishicha, bunday taqiq Alyansning sharqiy chegaralarda samarali himoyalanish imkoniyatini susaytiradi.

Ukraina vakillari esa yig‘ilishda frontni ushlab turish, energetika infratuzilmasini himoya qilish va yangi qurol jamlanmalariga ega bo‘lishni ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA