Shimoliy Yevropada NATO tarkibidagi 13 davlatdan ikki ming askar va 60 tagacha harbiy samolyotni birlashtirgan keng ko‘lamli yadroviy mashg‘ulot boshlandi.
Alyans Bosh kotibi Mark Ryutte avvalroq izoh berganidek, mashq, asosan, Buyuk Britaniya, Shimoliy dengiz, shuningdek Belgiya va Niderlandiyada o‘tadi. Manyovrlar NATOning “har qanday dushmanga”, har qanday tahdidga javob berishga tayyorligini namoyish etishi kerak.
Rejadagi ushbu mashg‘ulotga bir yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorlik ko‘rilgan. Harbiy quroldan foydalanish ko‘zda tutilmgan.
Ikki hafta davom etadigan tadbirda sakkiz havo bazasi, jumladan yadro qurolini tashishga qodir turli uchoqlar, bombardimonchi, eskort qiruvchi va yonilg‘i quyish, razvedka va elektron urush samolyotlari ishtirok etadi.
NATO matbuot xizmati doimiy ravishda “yadroviy tiyib turish kuchlari ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash” chorasi ko‘rilayotganini eslatdi. Xususan, 2024 yil Niderlandiyaning yangi F35A qiruvchi samolyotlari yadroviy tiyib turish missiyasida foydalanishga yaroqli, deb topildi.